Jahon

Buyuk Britaniya bu gal Bosh vazirga yolchidimi?

Rishi Sunak hukumat rahbari bo‘lganiga bir oydan oshdi. Hozirga qadar yangi bosh vazir iqlim konferensiyasidagi ishtiroki, Kiyevga tashrifi va G20 sammitidagi chiqishlari bilan yodda qoldi.

Buyuk Britaniya bu gal Bosh vazirga yolchidimi?

 

Rishi Sunak bir oydan beri Buyuk Britaniya hukumatini boshqarmoqda va o‘zidan oldingi Liz Trassning xatolarini tuzatishga harakat qilmoqda.   

 

25 oktyabr kuni Rishi Sunak Buyuk Britaniya bosh vaziri etib tayinlangan edi. 42 yoshli sobiq moliya vaziri Britaniya hukumatini atigi 45 kun boshqargan, biroq mamlakat iqtisodiyotini inqirozdan chiqarishga muvaffaq bo‘lmagan Liz Trass o‘rnini egalladi. Sunak bosh vazir sifatidagi birinchi nutqida o‘zidan oldingi rahbarlarning xatolarini tuzatish bo‘yicha zudlik bilan ishga kirishishini aytgandi. Xo‘sh, u qandaydir natijalarga erishdimi? 

 

Hukumatning yangi rahbari Trass davridagi ayrim vazirlarini saqlab qoldi, shuningdek, o‘zining odamlarini ham lavozimlarga tayinladi. Masalan, eng qiyin soha - moliyada - yangi Bosh vazir bir necha kun oldin Trass tomonidan tayinlangan Jeremi Xantni moliya kansleri lavozimida qoldirdi. Sunak britaniyaliklarni yaqin kelajakda soliq «jannati» kutmayotganini e’lon qildi. Shu bilan birga Barcha soliqlar miqdori kutilganidek 2026 yildan keyin emas, balki 2028 yildan keyin qayta ko‘rib chiqiladi. 


Sunakning boshqa kadrlar bo‘yicha qarorlari orasida g‘azabni qo‘zg‘atgan yagona narsa hukumat almashishidan atigi olti kun avval Trass kabinetidan iste’foga chiqqan Suella Bravermanning ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlanishi bo‘ldi. 

 

Yangi bosh vazirning xalqaro maydondagi debyuti Sharm al-Shayxdagi iqlim konferensiyasi (COP27) bo‘lib, u 7 noyabr kuni Birlashgan qirollik nomidan bayonot berdi va bir qancha jahon yetakchilari, jumladan Makron bilan qisqacha suhbatlashdi. 

 

Biroq, Britaniya ommaviy axborot vositalari uning bayonotining mazmunini emas, balki ushbu konferensiyada ishtirokiga e’tibor qaratishdi.Bunga sabab —janb Sunak  bu tadbirda qatnashmasligini aytgandi. Rejalarning to‘satdan o‘zgarishiga katta ehtimol bilan  Sunakning o‘tmishdagi raqibi, sobiq xo‘jayini va potensial raqobatchisi Boris Jonson COP27da qatnashish niyatini e’lon qilgani sabab bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, yangi bosh vazir Jonson iqlim muammosi bo‘yicha tashabbusni qo‘lga olishidan qo‘rqqan. Masalan, Liberal-demokratik partiyaning asosiy “iqlim ovozi” Vera Xobxaus shunday dedi: “Iqlim Rishi Sunak uchun ustuvor vazifa emas. U faqat Boris Jonsonning borligidan xijolat bo‘lgani uchun borgan". 

 

Natijada, konferensiyada ikkala bosh vazir - sobiq va hozirgi - ishtirok etdi va Sunak hatto jurnalistlar bilan suhbatda buni ta’kidladi: “Sobiq bosh vazirning ham shu yerda ekanligi juda yaxshi. Boris doimo yashil kelajakni qurish tarafdori bo‘lib kelgan va bu borada u katta hurmatga loyiq”. 

 

“Katta Yigirmatalik” sammiti. 

 

15–16 noyabr kunlari Balida bo‘lib o‘tgan “G20” sammiti arafasida Rishi Sunak “The Telegraph” gazetasida katta maqola e’lon qildi, unda Britaniya yetakchisi Rossiya prezidentini qo‘rqoqlik va mas’uliyatsizlikda ayblagandi. 

 

“Haqiqiy rahbarlar mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Ular yashirinmaydilar. Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan “G20” sammitida bir o‘rin bo‘sh qoladi. Ukrainadagi qon to‘kilishiga, butun dunyo bo‘ylab iqtisodiy muammolarga mas’ul bo‘lgan odam u yerda yo‘q va hamkasblari bilan yuzma-yuz uchrasha olmaydi. U o‘z harakatlarini tushuntirishga ham urinmaydi. Buning o‘rniga u uyda qoladi, hozirgi muammolarni esa undan boshqa hamma hal qiladi”, — deyiladi maqolada. 

 

Maqola "Vladimir Putinning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini zaiflashtirishning besh yo‘li" deb nomlangan. Unda Buyuk Britaniya bosh vaziri London Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini, shuningdek, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, energetika mustaqilligi va erkin harakatlanishga erishishini tasdiqladi. 

 

Sunak bevosita sammitning o‘zida ham  Putinni tanqid qildi.

 

“E’tiborlisi, Putin bugun bizga qo‘shilishni mumkin emas deb hisobladi. Balki, agar u kelganda biz Rossiya-Ukraina mojarosi va u bilan bog‘liq xalqaro muammolarni hal qila olardik. Chunki sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng muhim narsa bu Rossiyaning Ukrainadan chiqib ketishi va bu vahshiy urushning tugashi"— degandi u sammitdagi chiqishida.Ertasi kuni Sunak jurnalistlar bilan suhbatlashdi: u hududiga raketa tushib, ikki kishi halok bo‘lgan Polshaga hamdardlik bildirdi. Shuningdek, u Rossiya Federasiyasi prezidentini xalqaro iqtisodiy inqirozni yuzaga keltirayotganlikda aybladi: “Xavfsizligimizga doimiy tahdid va iqtisodiyotning global bo‘g‘ilishiga ushbu sammitda bo‘lishni istamagan bir shaxs – Vladimir Putinning harakatlari sabab bo‘lmoqda”. 

 

Kiyevga tashrif 

 

Sunakning ikki o‘tmishdoshi - Jonson va Trass Ukrainani va uning prezidenti Vladimir Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirgan edi va Sunak ham bu an’anaga sodiq qoldi: u rasmiy tashrif bilan bo‘lgan birinchi va hozircha yagona davlat bu Ukrainadir. Jamoatchilikka bu safar tashrif haqida e’lon qilinmadi, u xavfsizlik nuqtai nazaridan yashirincha rejalashtirilgan edi. Kiyevda Sunak Zelenskiy bilan uchrashdi va Ukrainaga 50 million funt sterling miqdorida yangi yordam paketini e’lon qildi. 


 
Xususiy klinika mojarosi 

 

21 noyabr kuni “The Guardian” gazetasi Rishi Sunak Londonning xususiy klinikalaridan birida ro‘yxatdan o‘tgani, u yerga o‘ziga  qulay vaqtda, masalan, kechqurun yoki dam olish kunlari borishi mumkinligi haqida maqola chop etdi. Ushbu klinikaga tashrif Milliy sog‘liqni saqlash xizmati shifoxonalari kabi bir necha daqiqa emas, balki yarim soat davom etadi va 250 funt turadi. 

 

Sunak bu xabarga izoh bermadi, biroq keyinroq Mehnat va pensiya vaziri Mel Stride bu haqda gapirib, Bosh vazir “harakatiga qarab baholanishi” kerakligini aytdi. U hukumatning “kuzgi bayonotida” Milliy sog‘liqni saqlash xizmati kelgusi yilda 3,3 milliard funt sterling miqdorida qo‘shimcha mablag‘ olishini e’lon qilinganini eslatib o‘tdi. 

 

Qayd etish lozimki, Britaniya Bosh vazirlariga xususiy tibbiy xizmatlardan foydalanish taqiqlanmagan.  


 
Birlashgan qirollik YeIga qaytmaydi 


 
Sunak 21 noyabr kuni Britaniya sanoat konfederasiyasi (SBI) konferensiyasida so‘zga chiqib, mamlakatni u yoki bu shaklda Yevropa Ittifoqiga qaytishi haqidagi xabarlarni rad etdi. 

 

“Ochig‘ini aytsam, mening rahbarligim davrdida Birlashgan Qirollikning Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga bo‘ysunishlar bo‘lmaydi. Men Brexit uchun ovoz berdim, men Brexit’ga ishonaman va bu foyda keltirishi hamda mamlakatga allaqachon katta afzalliklar va imkoniyatlar berganini bilaman. 


OAV Sunakning so‘zlarini 20 noyabr kuni “The Sunday Times” “gazetasida chop etilgan maqolaga javob sifatida qabul qilishdi, unda Buyuk Britaniya Shveysariya yo‘nalishi bo‘yicha Yevropa Ittifoqi bilan yangi munosabatlarga kirishishi mumkinligi haqida yozilgandi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Buyuk Britaniya bu gal Bosh vazirga yolchidimi? | Zamon.uz