Jahon

Giyohvand moddami yoki konfet?

Texas gubernatori narkotiklar bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan xavotirda.

Giyohvand moddami yoki konfet?

 

Texas gubernatori Greg Ebbott giyohvand moddalarni shirinliklar niqobi ostida tarqatish ommalashganini maʼlum qildi. Bu haqda u Twitter‘da yozgan.

 

"Meksikalik kartellar aholimizga konfet ko‘rinishida niqoblangan giyohvand moddalarni tarqatmoqda. Biz birgalikda farzandlarimiz va yaqinlarimizni  bu halokatdan himoya qila olamiz", — deb yozadi gubernator.

 

Sentyabr oyida janob Abbott Texas huquq-tartibot idoralariga "fentanil inqirozi" ga qarshi kurashni kuchaytirishni talab qilib, maktub yo‘llagan, unda narkotiklarning shirinliklar niqobi ostida tarqatilishini ham eslatib o‘tgan. Fentanil ko‘pincha narkotik sifatida ishlatiladigan kuchli opioid hisoblanadi.

 

Texas rasmiylariga ko‘ra, undan foydalanish bilan bog‘liq o‘limlar soni shtatda 2021-yili 89 foizga oshgan. O‘tgan hafta Meksika chegarasida deyarli 700 kg kokain va fentanil musodara qilindi. Avgust oyida AQSH Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi so‘nggi paytlarda fentanil ko‘pincha bolalar uchun qiziqarli bo‘lgan konfet ko‘rinishida sotilayotganini xabar qildi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"