Airbus Rossiya titanidan voz kechmoqchi
2022 yil fevraliga qadar kompaniya ehtiyojidagi titanning 65 foizini RFdan sotib olgan.

Airbus Yevropa aviasozlik korporatsiyasi bir necha oy Rossiya titanidan foydalanmaslikka qaror qildi. Bu haqda kompaniyaning mudofaa va kosmik bo‘linmasi rahbari Mixael Sholxorn ochiqladi.
"Biz Rossiya bilan aloqalarni uzish jarayonidamiz, gap titan haqida ketar ekan, bu bir necha oy davom etadi, yillab emas... Ayni paytda Airbus hamon rus titanini qaysidir miqdorda sotib olishda davom etmoqda, ammo biz undan mustaqil bo‘lish yo‘lidamiz", - dedi Shelxron Myunxendagi brifingda.
2022 yil fevraligacha Airbus kerakli titanning 65%ini Rossiyadan sotib olgan.







