Blinken: Rossiya bilan urush qilish niyatimiz yo‘q
AQSH davlat kotibi Moskva bilan aloqalar saqlanib qolayotganini maʼlum qildi.

AQSH Rossiya bilan urushishni istamaydi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi Entoni Blinken maʼlum qildi.
“Bayden uchun Ukraina nizosining kengayib ketmasligi muhim. Aksincha, biz uni yakunlashni istaymiz. Biz Rossiya bilan urushni xohlamaymiz, ayniqsa, Uchinchi jahon urushini boshlash niyatimiz yo‘q. Bu biz harakat qilayotgan narsa”, – degan diplomat France 2 telekanaliga bergan intervyusida.
Blinkenning qo‘shimcha qilishicha, Moskva va Vashington aloqa kanallarini saqlab qolgan.
1 dekabr kuni AQSH rahbari Jozef Bayden agar Rossiya Ukraina nizosini yakunlasa, Vladimir Putin bilan uchrashishga tayyorligini bildirgandi.







