Buxorolik erkak IIBda vafot etgani aytilmoqda
Hozirda holat Bosh prokuratura nazoratiga olingan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahar IIB binosida 1985-yilda Vobkent tumanida tug‘ilgan fuqaro H. Q. vafot etgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.
Xabarda aytilishicha, marhum mashina savdosi bilan shug‘ullangan, xaridorlar bilan pul bo‘yicha muammo kelib chiqqan, IIB xodimlari bo‘limga chaqirishgan. 29-noyabr kuni marhumning ukasiga telefon qilib, akangni olib ket deyishgan. Marhumning ukasi IIB binosiga kelsa, akangni tez yordam olib ketdi deyishgan.
Marhumning yaqinlari tez yordam binosiga borishsa, marhum allaqachon vafot etgan bo‘lgan. Uning tanasida qiynoq va jarohat izlari, xususan bosh qismi qattiq shikastlanganligini ko‘rishgan.
Hozirda mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan o‘rganilayotgani va natijalari haqida batafsil ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.








