“Ipoteka bank” xodimlari kreditlarni talon-taroj qildi
Hozirda nazorat tarbirlari o‘tkazilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ipoteka bank” Farg‘ona filialida kredit malag‘lari talon-toroj qilinganligi haqidagi xabar tarqaldi. Holatga viloyat prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi.
Ta’kidlanishicha, Farg‘ona viloyatidagi tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratilishi, o‘z vaqtida qaytarilishi va talon-toroj qilinishini oldini olish bo‘yicha prokurorlik nazorati o‘rnatilib, tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida “Ipotekabank” Farg‘ona filiali tomonidan ajratilgan 2 ta 920 mln so‘mlik muammoli kreditlarni maqsadsiz sarflash hamda talon-toroj qilish holatlari aniqlanib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va aybdorlarning javobgarlik masalasi hal etilgan.
Hozirda mazkur yo‘nalishda nazorat tarbirlari davom ettirilmoqda.








