Muhokamalarga sabab bo‘lgan “Qashqadaryo Respublikasi” yozuviga izoh berildi
Buning ortidan bir qator xodimlar jazolangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi inspektori xizmat kiyimidagi “Qashqadaryo Respublikasi” yozuvi aks etgan suratlar tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan boshqarma rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, transport vazirining 2021 yil 29 oktyabrdagi 208-sonli buyrug‘iga asosan, xizmat kiyimi bo‘yicha qator tavsiflar tasdiqlangan bo‘lib, boshqarma inspektori H.J. tomonidan mazkur talablardan biri qo‘pol ravishda buzilgan.
Shuni hisobga olib, inspektor H.J.ga hamda o‘ziga yuklatilgan vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan bir qator xodimlarga tegishli tartibda intizomiy choralar ko‘rilgan.








