O'zbekiston

Norov YXHT qiyin kunlarni boshdan kechirayotganini maʼlum qildi

O‘zbekiston TIV rahbari tashkilot faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Norov YXHT qiyin kunlarni boshdan kechirayotganini maʼlum qildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov YXHT Vazirlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida tashkilot faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni bildirdi.

 

YXHT qiyin kunlarni boshidan kechirayotgani, ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi ishonch darajasi pasaygani, ziddiyatli vaziyatlar tez-tez uchrayotgani taʼkidlandi.

 

Bunday sharoitda geosiyosiy raqobat va mafkuraviy qarama-qarshiliklardan xoli muloqot, shuningdek, ishtirokchi-davlatlar duch kelayotgan barcha murakkab muammolarning yechimlarini birgalikda izlash nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega va bu YEXHT kun tartibining asosi bo‘lib qolishi kerak.

 

Shu nuqtayi nazardan, Norov yig‘ilish ishtirokchilari eʼtiborini O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida hamjihatlik borasidagi Samarqand tashabbusi”ning dolzarbligiga qaratdi. Ushbu tashabbus dunyo davlatlari va xalqlarining madaniy, millatlararo, dinlararo o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish orqali mavjud qarama-qarshilik va kelishmovchiliklarni yumshatish maqsadida saʼy-harakatlari birlashtirishga qaratilgan.

 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri YXHT doirasidagi hamkorlarini ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Norov YXHT qiyin kunlarni boshdan kechirayotganini maʼlum qildi | Zamon.uz