Rossiya yana chekinmoqchimi?
Moskva Zaporoje AESdan qo‘shinlarini olib chiqib ketishi mumkin.

Rossiya qo‘shinlari Zaporojye AESdan chiqib ketishi mumkin, deb xabar bermoqda “Meduza” nashri.
1-dekabr kuni kechqurun Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Rossiya qo‘shinlari Zaporojye viloyatining qo‘shib olingan qismidan alohida bo‘linmalarni olib chiqib ketayotgani, shuningdek, evakuatsiya qilishga hozirlik ko‘rayotgani haqida xabar berdi. Melitopol meri bugun Rossiya harbiylarining Zaporojye viloyatidan olib chiqilishi haqida gapirishga “hali erta” ekanini ta’kidladi.
Biroq Kremlga yaqin manbalar keng ko‘lamli urush boshida nazoratga olingan Zaporojye atom elektr stansiyasini tark etishga tayyorligini ta’kidlamoqda. Shu bilan birga, Kreml Zaporojye viloyatini butunlay tark etishni rejalashtirmayapti.
Atom elektr stansiyasidan qo‘shinlarni olib chiqish evaziga Rossiya hukumati Ukraina hududi orqali neft va gazning uzluksiz tranziti uchun kafolatlar olishni kutmoqda.








