Samarqandda YPX inspektorlari yo‘l qoidasini buzdi
Viloyat YHXB ularga qandan chora ko‘rilganini ma’lum qildi.

Bugun, 2 dekabr kuni 3 nafar YPX inspektori Samarqand shahrida yo‘l qoidasini buzib, avtomashina boshqardi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, holat soat 17:30 larda Samarqand shahrining Afrosiyob ko‘chasida yuz bergan. Xodimlar harakat oqimiga qarama-qarshi tarzda harakatlangan.
Hozirda yo‘l harakati qoidalarini buzgan YPX inspektorlariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Shu hududda xizmat olib borish vaqtida ushbu holatni kuzatib turib, befarq bo‘lgan inspektorlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.








