O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga murojaat yo‘lladi

Murojaat matni Prezident matbuot xizmati tomonidan taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga murojaat yo‘lladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga murojaat yo‘lladi. 

 

“Qadrli vatandoshlar!

 

Bugungi kunda mamlakatimizda inson qadri, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan. Bu jarayonda barcha fuqarolarimiz kabi nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizga e’tibor va amaliy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

 

Bu borada chuqur insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan sa’y-harakatlarimiz 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kunidan ko‘zlangan maqsad va vazifalarga uyg‘un va hamohang ekanini ta’kidlash lozim.


Dunyo mamlakatlari qatori yurtimizda ham keng nishonlanayotgan mazkur sana munosabati bilan mamlakatimizdagi 1 millionga yaqin nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizga o‘zimning samimiy hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

 

Ma’lumki, O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarga jamiyat va davlat tomonidan ko‘mak va yordam berish, ularni ijtimoiy-siyosiy hayotga faol jalb etishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda ushbu toifaga mansub fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan bir qator tuzilmalar, xususan, O‘zbekiston nogironlar jamiyati, Nogironlar assosiasiyasi, Ko‘zi ojizlar jamiyati, Karlar jamiyati samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

Eng muhimi, taqdir taqozosi bilan nogiron bo‘lib qolgan bironta ham yurtdoshimiz xalqimizning, davlat idoralarining mehru e’tiboridan chetda qolmasdan, o‘zining mehnati va qobiliyati bilan nafaqat hayotda o‘z o‘rnini egallab kelmoqda, balki azmu matonati, sabr-bardoshi va shukronalik fazilatlari bilan ko‘pchilikka ibrat bo‘lmoqda.

 

Biz sizlarning bunday olijanob intilishlaringizni yuksak qadrlaymiz va ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi faol ishtirokingiz uchun barchangizga chuqur minnatdorlik bildiramiz.


Aziz do‘stlar!

 

Jamiyatimizning ajralmas bir qismi bo‘lgan nogironligi bor fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida keyingi yillarda mamlakatimizda bir qator qonunlar hamda 25 dan ortiq boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, mustahkam qonuniy baza yaratildi. Bu esa mazkur toifa vakillariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ularning bilim olishi, mehnat qilishi, malakali tibbiy xizmatlardan foydalanishi, o‘z iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, muxtasar aytganda, o‘zlarini jamiyatimizning to‘laqonli a’zosi deb his etishlari uchun yanada qulay sharoitlar yaratish imkonini bermoqda.

 

Bugun butun xalqimizga murojaat qilib, siz, aziz vatandoshlarimni  bu yo‘nalishda boshlagan xayrli ishlarimizni faol davom ettirishga chaqiraman. Shu maqsadda, biz barcha fuqarolar, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bir xil imkoniyatlar amal qiladigan inklyuziv jamiyatni barpo etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiramiz. Shu asosda nogironlikni belgilashning allaqachon eskirgan tibbiy modelidan umume’tirof etilgan ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tishni o‘z oldimizga muhim vazifa qilib qo‘yganmiz.

 

Bundan buyon bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, jamoat transporti, axborot va aloqa vositalarini ishlab chiqarishda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ulardan hech bir moneliksiz foydalana olishiga birlamchi ahamiyat qaratiladi.

 

Nogironligi bor shaxslarni reabilitasiya qilish va protezlash markazlaridagi qamrov hajmini 2 barobar oshirish, hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan 10 ga yaqin shunday markazlarni kengaytirib, zamonaviy tibbiy va reabilitasiya uskunalari bilan jihozlash ishlari amalga oshiriladi.

 

Ishontirib aytamanki, sizlar o‘zlaringizni yolg‘iz his etmasligingiz, zarur bilim va kasb-hunarlarni egallab, barcha soha va tarmoqlarda faol ishtirok etishingiz, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishingiz, madaniy ehtiyojlaringizni ta’minlashingiz uchun bor kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz.

 

Fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, oilaviy baxt-saodat va omad tilab qolaman”, — deyiladi Prezident tabrigida.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga murojaat yo‘lladi | Zamon.uz