Yevropa Xitoyni o'z tomoniga og'dirmoqda
"Xitoy Rossiyaga qurol yetkazib bermaydi" - Sharl Mishel.

Xitoy Rossiyani qurol-yarog‘ bilan ta’minlamaydi va Moskvadan kelayotgan yadro tahdidlarini mas’uliyatsizlik deb biladi. Bu haqda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel Pekinda XXR raisi Si Szinpin bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.
Yevropa rasmiysining aytishicha, u Xitoy hukumatini Ukrainadagi urushni tugatish uchun Rossiyaga ta’sir o'tkazishga chaqirgan. Tomonlar o'rtasidagi uchrashuv taxminan uch soat davom etgan va asosan Ukrainadagi vaziyat muhokama qilingan.
“Si Szinpin Xitoy Rossiyaga qurol yetkazib bermasligini, Rossiyaning yadroviy tahdidi esa qabul qilib bo‘lmaydigan holat va mas’uliyatsizlik ekanligini aniq aytdi”, — dedi Yevropa kengashi rahbari.
Xitoy raisi Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan to‘xtatish va “Yevropa va Osiyo manfaati” uchun zarurligini e’lon qildi.







