Bayden Britaniya valiahd shahzodasi bilan uchrashdi
Ular iqlim o‘zgarishi masalasini muhokama qilgan bo‘lishi mumkin.

Jozef Bayden Bostonda Buyuk Britaniya shahzodasi Uilyam bilan uchrashdi.
Ular bir necha daqiqa suhbatlashgan. Bayden suhbatdoshiga uni ko‘rganidan xursand ekanini aytgan. Shundan keyin Jon Kennedi nomidagi prezident kutubxona-muzeyiga yo‘l olishgan.
Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer shahzoda Uilyam bilan uchrashuvda Bayden iqlim o‘zgarishi masalasini muhokama qilinishi aytgandi.
Bundan oldin Bayden Si Szinpin bilan uchrashgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







