Rossiyada ”Disney” telekanali efiri to‘xtatiladi
Translasiyaning oxirgi sanasi 14-dekabr.
Rossiyada Amerikaning “Disney Channel” telekanalining mahalliy versiyasi hisoblangan “Disney” bolalar telekanali translyasiyasini to‘xtatadi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Kommersant” nashri yozmoqda.
“Disney” o‘rniga uning nazorat qiluvchi xoldingi YUTV yangi kanal yaratishga tayyorlanmoqda. U “Quyosh” deb nomlanadi va u bolalarga mo‘ljallangan kontentni ham o‘z ichiga oladi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ”Disney” 14-dekabr kuni o‘z efirlarini to‘xtatadi.
Avvalroq “Disney” film prokat bo‘limining Rossiyadagi ofisini yopayotgani va faoliyatini to‘liq to‘xtatishga tayyorlanayotgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, “Disney” kinostudiyasi aprel oyidan boshlab Rossiya Federasiyasida o‘z filmlarini tarqatishni taqiqlagandi.








