“Xalq banki” boshqaruvchisi 230 mln so‘mni “uxlatgani” aytilmoqda
Holatga prokuratura munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida AT “Xalq banki” filiali boshqaruvchisi 230 mln so‘m pul mablag‘larini ishlatganligi, bu esa tuman prokuraturasi tomonidan ko‘rib chiqilmagani haqida xabarlar tarqaldi.
Holatga viloyat prokuraturasi rasmiy munosabat bildirib, ish o‘rganilayotganini va natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.








