Andijonda maktab stadioni buzilayotgani aytildi
Holatga viloyat hokimligi munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi tumanidagi 13-sonli umumta’lim maktab stadioni buzilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabar yuzasidan viloyat hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olinib, ishchi guruh tuzilgan va o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish davomida qonun buzilish holatlariga chek qo‘yilib, sud qaroriga asosan qurilishi tugallanmagan binoni buzish choralari ko‘rilmoqda.
“Holat nazorat ostida ekanini va bu haqda batafsil axborot berilishini ma’lum qilamiz”, —deyiladi xabarda.








