O'zbekiston

Koronavirusga chalingan bemorlar uy sharoitida qanday davolanadi?

Mutaxassis bu bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Koronavirusga chalingan bemorlar uy sharoitida qanday davolanadi?

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hozirgi kunda koronavirus tashxisi bilan ro‘yxatga olinayotgan bemorlarda kasallik avvalgi shtamlarga nisbatan birmuncha yengil o‘tmoqda. 

 

“Bemorlarning bir qismi uy sharoitida davo muolajalarini olishlari mumkin. Faqat ambulator tarzda davolanuvchi aholi qatlami hududiy oilaviy poliklinikalarda oilaviy shifokor hamda LOR mutaxassis nazoratida bo‘lishlari shart”,— deydi Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanov.

 

Odatda bunday bemorlarga quyidagilar tavsiya etiladi: 


—ko‘proq suyuqlik ichish (sutkasiga 4-5 litr hajmda), 
—tomoqni tez-tez maxsus antiseptik vositalar bilan chayish,
—virusga qarshi va antioksidant dorilar hamda D va S vitaminlari, Sink preparatlarini qabul qilish, 
—uy sharoitida izolyasiya va cheklovchi tartibga rioya etish, 
—tibbiy niqobdan foydalanish, 
—antibiotik, gormon preparatlari hamda tomchi dori vositalaridan maqsadsiz foydalanmaslik talab etiladi.

 

Kasallikdan qanday himolanish lozim? Bu borada mutaxassislarning tavsiyasi quyidagicha:

—avvalo, barcha aholi qatlami koronavirusga qarshi buster doza bilan emlanishi lozim;
—shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish, xususan, qo‘llarni yaxshilab yuvish, maxsus antiseptik vositalardan foydalanish, tomoq va burunni tez-tez chayish talab etiladi;
—yopiq binolar va jamoat joylarida tibbiy niqobdan foydalanish zarur;
—kasallikning ilk alomatlari yoki O‘RVI belgilari namoyon bo‘lishi bilan atrofdagilar bilan muloqotni cheklash hamda hududiy oilaviy poliklinikalarga murojaat qilish kerak;
—koronavirus aniqlangan holatda uy sharoitida turli dori preparatlari (antibiotik, gormon va tomir ichiga yuboriladigan tomchi dorilar)ni maqsadsiz qabul qilmaslik shart.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Koronavirusga chalingan bemorlar uy sharoitida qanday davolanadi? | Zamon.uz