“Moskva bilan muloqotni boshlash kerak”
Bayden Zelenskiyga muzokaralar bo‘yicha ishora qildi.

AQSH prezidenti Jo Bayden Vladimir Zelenskiyga Rossiya bilan muloqotni boshlash zarurligi haqida ishora qilmoqda. Bu haqda “Time” jurnalida xabar qilindi.
“Bayden kiyevlik hamkasbiga Putin bilan suhbatni boshlash vaqti kelganini sekin shama qildi”, — deyiladi xabarda.
Noyabr oyi boshida Gʻarb OAVlari Kiyevni Moskva bilan muloqotga undayotgani haqidagi xabarlaridan so‘ng Zelenskiy muzokaralarni boshlash shartlarini aytib o‘tgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya BMT Nizomiga hurmat qilishi, barcha yo‘qotishlar uchun tovon to‘lashi, har bir harbiy jinoyatchini jazolashi va bunday holat boshqa takrorlanmasligiga kafolat berishi kerak.
U, shuningdek, Ukrainaning amaldagi prezidenti lavozimida turgan paytda Rossiya bilan muloqotga kirishmasligini aytgan.
Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Kiyev muzokaralar olib bora olmaydi va istamaydi. Shuning uchun Rossiyaning maqsadlariga maxsus harbiy operasiyani davom ettirish orqali erishiladi.








