O'zbekiston

Samarqandda o‘quvchining onasi maktab “zamdirektori”ni kaltakladi

IIB matbuot kotibi hodisa sababini ma’lum qildi.

Samarqandda o‘quvchining onasi maktab “zamdirektori”ni kaltakladi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Toyloq tumanida maktab direktori o‘rinbosarining kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidag viloyat IIB matbuot kotibi ma’lumot berdi.

 

Qayd etilishicha, 17-noyabr kuni Toyloq tumanidagi 6-son umumta’lim maktabi o‘quvchisi — 2007-yilda M.D. dars vaqtida ruchkani sinfdoshiga qarata otgan. Ruchka uning sinfdoshi — 2007-yilda tug‘ilgan X.N.ning ko‘ziga tegib jarohat yetkazgan. Shundan so‘ng o‘quvchi shifoxonaga olib borilib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

 

Mazkur holatdan xabar topgan voyaga yetmagan X.N.ning onasi — Toyloq tumani “Davlatobod” mahallasida yashovchi 1982-yilda tug‘ilgan V.Sh. umumta’lim maktabiga borib, maktab direktorining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bilan tortishib, qizini shu ahvolga tushishiga uni sababchi qilib ko‘rsatib, turli joylariga urib, jarohat yetkazgan.

 

Hozirda holat yuzasidan Toyloq tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandda o‘quvchining onasi maktab “zamdirektori”ni kaltakladi | Zamon.uz