Jahon

Dunyo go‘zallari: Siz ularning qaysilarini taniysiz?

Glamur olamda o‘z o‘rniga ega ayollar hamma vaqt ko‘pchilikni qiziqtirishi shubhasiz. Biroq hamma g‘olib xonimlar ham mashhurlik pillapoyalaridan ko‘tarilganmi? Zamon.uz “Dunyo go‘zali” tanlovi g‘oliblarining eng mashhurlariga ko‘zgu tutdi.

Dunyo go‘zallari: Siz ularning qaysilarini taniysiz?

 

1. Agar go‘zallik va maftunkorlikni bir soha sifatida oladigan bo‘lsak, Aishvariya Rai bu sohada taniqli ism. 1994 yilda aktrisa nufuzli “Dunyo go‘zali” tojini qo‘lga kiritganidan keyin uning nomi tillarda doston bo‘ldi. Unga ko‘pincha “dunyodagi eng go‘zal ayol” sifatida qaraladi. Dunyo go‘zali 2009 yilda Hindistonning Padma Shri, 2012 yilda esa Fransiyaning “Ordre des Arts et des Lettres” ordeni bilan taqdirlangan. Iste’dodi go‘zalligi qadar deb ta’riflanadigan aktrisa glamur olamida o‘z izlarini qoldirishni istagan ko‘plab yosh ayollar uchun ideal namuna edi. 

1994 yilda Aishvariya “Hindiston go‘zali” tanlovida ikkinchi o‘rinni egalladi va “Dunyo go‘zali” unvoniga sazovor bo‘ldi. 21 yoshida bo‘lajak aktrisa barchani hayratda qoldirdi. Keyin u “Dunyo go‘zali” tanlovida ishtirok etdi va orzu qilingan tojni qaytarib olib, Hindiston uchun tarix yaratdi. U 87 davlat orasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

 

Kibor xonim maftunkor ko‘zlari, nafis yurishi va kamtar tabiati bilan nafaqat hakamlar, balki tomoshabinlar mehrini ham qozondi. Shu yili aktrisa “Miss Photogenic” (“Eng suratbop qiyofa egasi”) va “Miss World Continental Queen of Beauty − Asia and Oceania” (“Osiyo va Okeaniya mamlakatlari bo‘yicha dunyoning Go‘zallik sohibasi”) unvonlariga sazovor bo‘ldi. Sharafli g‘alabasidan so‘ng Ayshvariya butun dunyoda osoyishtalik hukm surishini xohlashini, shuningdek, tinchlik elchisi bo‘lish istagini bildirgan.

 

2. Bollivud kishisiga o‘zining bor nozik jihatlari bilan unchalik tanish bo‘lmagan Priyanka Chopra Gollivudda “Oskar”, “Oltin globus” festivallaridagi  chiqishlari hamda “Jonas Brothers” rok guruhi solisti Nik Djonas bilan bo‘lgan nikohi ortidan ancha mashhurlikka erishdi. Biroq aktrisaning ko‘p qirrali hayot yo‘lining qiziqligi faqat shu bilangina cheklanib qolmagan. 

Hindistonning Jamshedpur shahrida harbiy shifokor oilasida tug‘ilgan Priyankaning bolaligi ota-onasining kasb taqozosi tufayli yashash joyini muntazam o‘zgartirib turish bilan kechgan. 13 yoshli Priyankaniota onasi uning yaxshi ta’lim olishiga imkon yaratish maqsadida AQSHga — xolasinikiga jo‘natishadi. Maktab davrlari yosh Chopra uchun ancha murakkab kechgan. Kelib chiqishi va tashqi ko‘rinishi sabab sinfdoshlari doimo uni masxaralab, ustidan kulishgan. Buning ortidan esa hali voyaga yetmagan murg‘ak qalb egasining ruhiyatiga jiddiy zarba yetgan.  Bu haqda aktrisaning o‘zi shundan degandi: “Men bu tahqirlashlarni ko‘nglimga juda yaqin olganman. Oxir-oqibat o‘zimga barcha eshiklarni yopdim. Ko‘chada ketayotib xayolimda odamlarga ko‘rinishdan qattiq uyalar, ko‘rinmas odamga aylanib qolishni shu qadar xohlardimki!”  3 yil o‘tgach, Chopra vataniga qaytadi va o‘sha yerda o‘rta maktvbni tamomlaydi. 18 yoshida halqaro go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘ladi. Priyankaning shou-biznesdagi kar’yerasi 2000 yilda “Dunyo go‘zali” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritganidan so‘ng boshlanadi. Bunda oilasining, ayniqsa akasi Sidxartning qo‘llab-quvvatlashi unga madad bo‘ladi. Bundan tashqari, aktrisa xayrli investisiyalar kiritish bilan ham shug‘ullanadi. Masalan, IT sanoati mutaxassislari tayyorlaydigan va ta’limga bo‘lib to‘lash imkonini yaratgan alternativ kollej Holberton School faoliyati uni mazkur ta’lim dargohiga sarmoya kiritishga ilhomlantiradi. Shu tariqa talabalarning AQSHda oliy ta’lim sabab ko‘pyillik kredit qulligiga barham berish ko‘zda tutilgandi. 

 

3. Sibir o‘lkasining Nijnevartovsk shahrida tug‘ilgan Kseniya Suxinova go‘zallikda nomi yuqorida tilga olingan xonimlardan qolishmaydi. Go‘zal Kseniya keyinchalik Sibirning boshqa shahri – Tyumenda yashagan. U yerda Davlat neft-gaz universitetida tahsil olgan. O‘qishni tugatgandan so‘ng Kseniya texnik tizimlarda menejment va informatika bo‘yicha diplom oldi. Bolaligida sport bilan jiddiy shug‘ullangan rus go‘zali biatlonda birinchi darajaga ega. 

U avval “Miss Rossiya” unvoniga sazovor bo‘ldi va xalqaro go‘zallik tanlovida vatani uchun vakillik qilish huquqini oldi. 2008 yilda esa u tamomila “Dunyo go‘zali” bo‘ldi. Shu tariqa Kseniya Suxinova nafaqat Rossiya, balki dunyodagi eng go‘zal qizga aylandi. 

 

Hozirda u ijtimoiy va xayriya ishlarida faol ishtirok etmoqda. Shunisi e’tiborga loyiqki, tengsiz latofat sohibasi go‘zal rus qizining ramziga aylandi.

 

4. Betakror nazokat egalari ro‘yxatidan turk aktrisasi Hande Erchelni tushirib qoldirish aslo mumkin emas. Uning latofati go‘zallik tanlovida qatnashishidan avvalroq tillarga tushib ulgurgan. 

Hande Erchel Istanbuldagi Tasviriy san’at universitetida o‘qish uchun uyini tark etadi. U an’anaviy turk san’ati bo‘limida tahsil olishni boshlaydi.

 

Model, teleboshlovchi sifatida o‘qishni tugatgan Hande ilk aktyorlik qadamlarini qo‘yadi.  Kar’yerasi boshlanganida u professional loyihalarda ishtirok etish uchun vaqti yo‘qligi sababli o‘qishni tashladi.

 

Aktrisa modellik faoliyatini 2012 yilda boshlagan. Asta-sekin ko‘zga ko‘rinib borgan model vaqt o‘tib, “Turkiya go‘zali” bo‘ldi va “Dunyo go‘zali” tanlovida ikkinchi o‘rinni egalladi. Garchi Hande g‘oliblikni qo‘lga kiritmagan bo‘lsa-da, aktrisaning porloq ko‘zlari va go‘zal tabassumi allaqachon uni odamlar qalbida g‘olibga aylantirgan.  

 

2020 yilda u Nocturne brendi bilan model sifatida hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Brend AQSH, London va Fransiyada o‘z filiallarini ochish orqali xalqaro e’tirofga erishdi.


Erchel dunyodagi eng baland bino Burj Xalifa fasadida paydo bo‘lgan turk aktrisasi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Dilbar aktrisaning profesional faoliyati 2013–2014 yillarga to‘g‘ri kelgan.  U “Gunes kizleri” hamda “Ask laftan anlamaz” seriallaridagi roli orqali muxlislar qalbidan chuqur joy egallagan. 

 

5. Yana bir joziba egasi Rolen Straus “Dunyo go‘zali–2014” tanlovida Janubiy Afrika sharafini qo‘llab-quvvatlaydi. 22 yoshli go‘zallik malikasi aslida tibbiyot fakultetida talaba bo‘lgan.  U “probirkadagi chaqaloq”. Straus o‘zini hazil bilan shunday ataydi. U o‘z veb-saytida ota-onasi besh yil davomida farzandli bo‘lish uchun kurashganini aytadi.

Straus shifokor va hamshiraning qizi, u so‘nggi bir necha yil davomida professional tarzda modellik bilan shug‘ullanadi va ko‘plar qatori “Dunyo go‘zali” tanlovida qatnashish uchun o‘qishini to‘xtatadi. 

 

“Mening shahrimdagi hamma meni Kichik doktor Straus deb chaqirardi. Chunki men kasalxonada dadamning orqasidan yugurib yurgan kichkina jingalak sochli qiz edim”, — deydi u.


Prezident Jeykob Zuma Strausning g‘alabasini “Janubiy afrikaliklarning ham dunyo sahnasini zabt eta olishini isbotladi”, deya ta’riflaydi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Dunyo go‘zallari: Siz ularning qaysilarini taniysiz? | Zamon.uz