O'zbekiston

“Elektr ta’minotida cheklovlar kiritilmoqda”

Rasmiylar hududlardagi “svet” o‘chishiga izoh berdi.

“Elektr ta’minotida cheklovlar kiritilmoqda”

 

O‘zbekistonning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabar qilmoqda.

 

Ta’kildanishicha, respublikaga kirib kelgan sovuq havo oqimi, ayni paytda ko‘plab hududlarda qalin qor yog‘ishi va haroratning keskin tushib ketishi natijasida elektr energiyasiga bo‘lgan talab cyezilarli darajada ortgan.

 

Ana shunday vaziyatda magistral gaz quvurlari va tarmoqlarida tabiiy gaz bosimining keskin pasayishi kuzatilib, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr stansiyalariga belgilangan hajmlardan kam miqdorda tabiiy gaz yetib borishi natijasida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi ham mos ravishda tushib ketishiga  sabab bo‘lmoqda.

 

Joriy yilning 4 dekabr kuni respublika bo‘yicha elektr energiyasi iste’moli 219 mln kilovatt soatni tashkil etgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 22 mln kilovatt soat yoki 11 foizga ko‘p. Shuningdek, dekabr oyining dastlabki 4 kunida respublika bo‘yicha iste’mol hajmi 875 mln kilovatt soatni tashkil etib, bu o‘tgan yilga nisbatan 93 mln  kilovatt soat yoki 12 foizga ko‘p.

 

“Energetika tizimining barqaror ishlashini ta’minlash va elektr energiya ishlab chiqarish ob’yektlari, yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda transformator punktlarida  yirik avariyalar vujudga kelishini oldini olish maqsadida Respublikamizning turli hududlarida elektr ta’minotida cheklovlar kiritilmoqda”, — deyiladi xabarda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“Elektr ta’minotida cheklovlar kiritilmoqda” | Zamon.uz