Germaniya Hindistonning Rossiya neftiga cheklovlarga qo‘shilishidan umidvor
Bugundan rus neftiga chegara narx bo‘yicha qaror kuchga kirdi.

Germaniya Hindistonning Rossiya neftiga qo‘yilgan chegara narxni qo‘llab-quvvatlashidan umid qilyapti. Bu haqda GFR tashqi ishlar vaziri Annalenna Berbok maʼlum qildi.
“Biz barcha hamkorlarimizni sanksiyalar joriy etishga chaqiramiz, shu bilan birga ko‘plab davlatlarda turli iqtisodiy cheklovlar mavjudligini tushunamiz”, – degan diplomat.
Berbok chegara narx joriy etilishini uchinchi davlatlar uchun sanksiyalar taʼsirini kamaytirish vositasi deb atagan.
Bugundan rus neftiga joriy etilgan chegara narx kuchga kirdi. Bu bo‘yicha o‘tgan hafta “katta yettilik”, Avstraliya va YEI kelishuvga erishgandi. Hozirda bir barrel “qora oltin” uchun 60 dollar narx joriy etilgan.







