Makron: Rossiyani parchalash niyatimiz yo‘q
Fransiya Prezidenti Rossiya elitasida G‘arb harakatlariga nisbatan noto‘g‘ri qarash borligini qayd etdi.

Fransiya va boshqa G‘arb davlatlari Rossiyani yo‘q qilmoqchi emas. Bu haqda Emmanuel Makron CBS telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Makronning fikricha, Moskvada G‘arb Rossiyani yo‘q qilmoqchi, degan qarashlar bor.
"Men bizning intilishlarimiz bunday emas deb hisoblayman. Fransiyada bunday harakatlar hech qachon bo‘lmagan", — degan u.
Fransiya Prezidenti uning mamlakati va Rossiya o‘rtasida madaniy va tarixiy o‘ta yaqin aloqalar bor. U RF Prezidenti bilan uzoq muloqot olib borganini taʼkidlagan.







