Moskva Makronning so‘zlariga ishonmadi
Kreml Yevroittofoq mamlakatlarida mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal etish harakatlarini sezmayapti.

Prezident matbuot kotibi Moskva Yevropa Ittifoqining ushbu mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal etish tarafdori bo‘lgan pozisiyasida siljish borligiga ishonadimi, degan savolga javob berdi.
“Kreml Ukrainadagi mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish tarafdori bo‘lgan Yevropa davlatlarining pozisiyasida hech qanday o‘zgarish sezmayapti”, deydi Dmitriy Peskov.
Undan Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni davom ettirish tarafdori bo‘lgan va Rossiyaga xavfsizlik kafolatlarini berish zarurligini tan olgan Fransiya prezidenti Emmanuyel Makronning so‘zlariga izoh berish so‘ralgan.
“Yo‘q, biz bunday deb o‘ylamaymiz”, — dedi Peskov.








