Ukraina harbiylari Britaniyadagi mashg‘ulotlarni yakunladi
Mashg‘ulotlar shu yilning yozida boshlangan edi.

Ukrainalik harbiylarning Buyuk Britaniyadagi mashg‘ulotlari yakunlandi. Bu haqda Ukraina qurolli kuchlari bosh shtab xabar berdi.
Mashg‘ulotlar shu yilning yozidan beri Kanada qurolli kuchlari instruktorlari nazorati ostida o‘tayotgan edi .
Askarlar jang maydonida yaralanganlarga yordam ko‘rsatish va ularni evakuatsiya qilish, otish, portlovchi uskunani aniqlash va zararsizlantirish, shahar va okoplarda jang olib borish kabi ko‘nikmalarni mashq qildi.
Buyuk Britaniyada umumiy hisobda 19 ming ukrainalik harbiy tayyorlandi.







