O'zbekiston

Ayrim davlat boji stavkalari kamaytiriladi

Prezident bu bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Ayrim davlat boji stavkalari kamaytiriladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev notarial jarayonlarda aholiga qulayliklarni oshirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

 

Bugungi kunda notariuslarda davlat boji stavkalari juda ko‘p toifalarga ajratilgani sababli ularni hisoblashda noqulayliklar tug‘ilmoqda. Xususan, avtomototransport vositalari bilan bog‘liq shartnomalarni tasdiqlash uchun davlat boji 12 ta, ko‘chmas mulk, garov, ipoteka va lizing shartnomalari bo‘yicha 6 ta toifaga bo‘lingan.

 

Shu bois davlat rahbari notarial harakatlar tizimini soddalashtirish va aholiga qulayliklarni oshirish vazifasini qo‘ygan edi. Shunga asosan, “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat bojlarining stavkalari optimallashtirilmoqda.

 

Masalan, hozirda davlat boji stavkalarini hisoblashda uy-joyning maydoniga, avtomototransport vositalarining dvigatel quvvati va ishlab chiqarilgan yiliga qaraladi. Endi bu boradagi toifalar qisqartirilib, stavkalar birxillashtirilmoqda, ayrimlari kamaytirilmoqda.

 

Jumladan, ko‘chmas mulk bo‘yicha oldi-sotdi shartnomalarini notarial tasdiqlash uchun davlat boji, uning maydonidan qat’i nazar, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari, boshqa joylarda 0,5 baravari miqdorida, eng past stavkada belgilanmoqda.

 

Garov, ipoteka, lizing va qarz shartnomalarini notarial tasdiqlaganlik uchun tabaqalashgan bojlar birxillashtirilib, yagona stavka o‘rnatilmoqda.

 

Avtotransport oldi-sotdisini notarial tasdiqlashda, dvigatel quvvati va ishlab chiqarilgan yilidan qat’i nazar, bir xil stavkada – bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida boj undirilishi belgilanmoqda.

 

Shuningdek, mol-mulkni ijaraga berish yoki undan tekin foydalanish, avtomototransport bo‘yicha ishonchnoma berish kabi kelishuvlarni notarial tasdiqlash uchun boj miqdori kamaytirilmoqda. Fuqaroning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minotiga nisbatan merosxo‘rga guvohnoma berish uchun davlat boji bekor qilinmoqda.

 

Mazkur qonunning qabul qilinishi notarial jarayonlarni osonlashtirishga, turli noaniqlik, nizo va korrupsiya holatlarini bartaraf etishga xizmat qiladi. Yiliga 100 milliarddan so‘mdan ortiq mablag‘ aholi ixtiyorida qoladi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Ayrim davlat boji stavkalari kamaytiriladi | Zamon.uz