O'zbekiston

Joyida hal etilgan muammolar, ajratilgan milliardlab kreditlar

Prezident maslahatchisi ishchi guruhi viloyatlarda aholi muammolarini o‘rganmoqda.

Joyida hal etilgan muammolar, ajratilgan milliardlab kreditlar

 

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan Prezident maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi 24 ta vazirlik va idora rahbarlaridan iborat Respublika Ishchi guruhi aʼzolari viloyatlarda sharoiti og‘ir bo‘lgan eng chekka qishloqlarda tunab, aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish va o‘z joyida hal etish bo‘yicha ishlarni boshlagandi.

 

Tajriba sifatida ilk manzil Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani tanlangan edi. Mazkur tajriba ko‘plab o‘zining ijobiy natijalarini bergach, ushbu amaliyotni boshqa hududlarda ham davom ettirish kerakligi belgilandi.

 

Navbatdagi manzillar sifatida esa Andijon viloyatining Asaka tumani hamda Farg‘ona viloyatining Beshariq tumani tanlab olindi.

 

 

Asaka tumanida Ishchi guruh aʼzolari tomonidan tumandagi 70 ta mahallada uyma-uy yurilib, 3 434 ta xonadon, 27 ta ijtimoiy soha obyektlari o‘rganildi. Jami 1 892 ta muammo aniqlanib, hozirga qadar 100 ga yaqini joyida hal etilgan bo‘lsa, qolganlari bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturi tuzilib, yechimi bo‘yicha manzilli tadbirlar rejalashtirib olindi.

 

Jumladan, o‘zini o‘zi band qilmoqchi bo‘lgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz 177 nafar fuqaroga kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun “Har bir oila tadbirkor”, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” kabi qator dasturlar bo‘yicha deyarli 3.5 milliard imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratildi.

 

Beshariq tumanidagi 50 ta mahallada “xonadonbay” o‘rganish ishlari boshlangan bo‘lib, hozirga qadar 5 622 ta xonadon sharoitlari bilan tanishildi. Natijada 2 mingga yaqin muammo aniqlangan bo‘lib, ularning 150 dan ziyodiga joyida yechim topildi.

 

Xususan, 200 nafar aholini oilaviy tadbirkorlikka jalb qilish, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida 4.5 milliard so‘mga yaqin imtiyozli kredit hamda subsidiya mablag‘lari ajratib berildi.

 

Yashash sharoiti og‘ir bo‘lgan “Beshariq”, “Usmonobod”, “Qiyat-Sartol”, “Chorbog‘to‘rong‘i” mahallarida yashovchi 14 nafar fuqarolarning uy-joylarini taʼmirlash uchun 500 million so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilib, qurilish ishlari boshlab yuborildi.

 

Ishchi guruh o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"