KXDR yana artilleriyadan o‘q uzdi
Shimol buni Janubiy Koreyaga "jiddiy ogohlantirish" deb atadi.

Shimoliy Koreya armiyasi Janubiy Koreya va AQSHning mashg‘ulotlariga javoban yana artilleriyadan o‘q uzdi.
KXDR Seulni Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan mashg‘ulotlar paytida front chizig‘idagi hududlarda bir nechta raketa tizimlari va gaubitsalardan otishda aybladi va “jiddiy ogohlantirish” sifatida o‘zi o‘qlari bilan javob qaytardi.
"Biz zudlik bilan artilleriya bo‘linmalariga jiddiy ogohlantirish uchun dengiz tomon o‘t ochishni buyurdik", — deyiladi Bosh shtab bayonotida.
Janubiy Koreya va AQSHning mashg‘ulotlari Seuldan 71 km shimoli-sharqda joylashgan Cheorvon okrugida bo‘lib o‘tmoqda.
Pxenyan bir kun avval ham bu manevrlarga javoban sharqiy va g‘arbiy qirg‘oqlardan dengizga qarab 130 dan ortiq artilleriya o‘qlarini otgan edi.
Noyabr oyi o‘rtalarida Shimoliy koreya Kim Chen In boshchiligida yangi turdagi qitʼalararo ballistik raketa – «Xvason-17»ni sinovdan o‘tkazdi.
Pxenyanga ko‘ra, sinovlar Koreya yarimorolidagi vaziyatni “xavfli nuqta”ga olib chiqayotgan Qo‘shma Shtatlar va boshqa “dushman kuchlar”ning “harbiy qarama-qarshilik provokatsiyalari” fonida o‘tkazildi. Pxenyan raketa uchirilishini “suveren davlatning o‘zini himoya qilish huquqi” deb hisoblaydi. Yil boshidan beri KXDR 30 martadan ortiq raketa sinovlarini o‘tkazdi.







