Jahon

NATO sari yana bir qadam

Finlandiya hukumati parlamentga mamlakatning NATOga kirishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi.

NATO sari yana bir qadam

 

Hujjatda alyans tarixi, Shimoliy Atlantika shartnomasi va Ottava shartnomasi (piyodalarga qarshi minalarni taqiqlash to‘g‘risida) mazmuni, shuningdek, Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lishi bo‘yicha olib borilgan muzokaralarning qisqacha mazmuni, faoliyati , NATOning vazifalari va qaror qabul qilish jarayoni qayd etilgan.  

 

Finlandiya hukumati “hozirgi qonunchilik Finlandiyaga Shimoliy Atlantika shartnomasi va Ottava shartnomasiga qo‘shilish imkonini beradi hamda bundan kelib chiqadigan majburiyatlar milliy qonunchilikka zudlik bilan o‘zgartirishlar kiritishni talab qilmaydi” degan xulosaga kelgan. 

 

Finlandiya va Shvetsiya 2022-yilning may oyida NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan. Ammo bu jarayon Turkiyaning qarshiliklariga duch keldi, Anqara Xelsinki va Stokgolmni terrorchi deb tan olingan shaxslarga boshpana berishda aybladi. Turli darajadagi bir qator muzokaralardan so‘ng ikki Skandinaviya davlatining ittifoqqa qo‘shilishi yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 

 

Hozirga qadar NATOga a’zo 30 ta davlatdan 28 tasi Finlandiyaning qo‘shilishini ratifikasiya qilgan. Vengriya va Turkiya parlamentlari hujjatni hozircha ma’qullamagan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

NATO sari yana bir qadam | Zamon.uz