O‘zbekiston va Qirg‘iziston pasport nazoratini soddalashtiradi
Tegishli bayonnoma O‘zbekiston Prezidentining mamlakatga tashrifi davomida imzolanishi aytilmoqda.

Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarani kesib o‘tishda pasport nazoratini yengillatadi. Bu haqda qo‘shni mamlakat Jogorku Keneshi yig‘ilishida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Oybek Ortiqboyev ma'lum qildi.
Uning aytishicha, har ikki mamlakat fuqarolari ID-kartani ko‘rsatib, chegarani kesib o‘tishlari mumkin bo‘ladi.
Faqat 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar chegarani kesib o‘tishda xorijga chiqish pasportini ko‘rsatishadi.
Ortiqboyevga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining 9 dekabr kuni Qirg‘izistonga davlat tashrifi davomida tegishli bayonnoma imzolanadi.







