O'zbekiston

450 dan ortiq fuqaroning kartasidagi pullarni “uxlatgan” jinoiy guruh qo‘lga olindi

Ular Telegram orqali guruh va kanallar ochib, odamlarning ishonchiga kirgan.

450 dan ortiq fuqaroning kartasidagi pullarni “uxlatgan” jinoiy guruh qo‘lga olindi

 

Navoiy viloyati Zarafshon shahrida yashovchi N.M. ariza bilan murojaat qilib, Telegram messenjerida nomaʼlum shaxs feyk xabar orqali uning bank kartasi boshqaruvini qo‘lga kiritib, jami 2.780.000 so‘m pullarini yechib olganini bildirib, nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

 

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni bir guruh shaxslar o‘zaro jinoiy til biriktirib sodir etgani aniqlangan.

 

Jinoiy guruh aʼzolari Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi, muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan sudlangan, 2006 yilda tug‘ilgan A.A. va uning akasi 2001yilda tug‘ilgan A.Sh., Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi, Tojikiston Respublikasida 1985 yilda tug‘ilgan N.B. va uning o‘g‘li 2006 yilda tug‘ilgan B.D. ekani maʼlum bo‘ldi.

 

Guruh soxta havolalardan foydalanib, Telegram messenjeridagi guruh va kanallarda yolg‘on xabarlarni tarqatib jami 454 nafar fuqaroning bank kartalari boshqaruvini qo‘lga kiritib, juda ko‘p miqdordagi pullarni o‘zlashtirgan.

 

Guruh aʼzolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

450 dan ortiq fuqaroning kartasidagi pullarni “uxlatgan” jinoiy guruh qo‘lga olindi | Zamon.uz