O'zbekiston

Ayrim hududlardagi ko‘p qavatli uylarda issiqlik taʼminoti susaydi

Gaz bosimining pasayib ketishi ortidan uchta qozonxona vaqtincha o‘chirilgan.

Ayrim hududlardagi ko‘p qavatli uylarda issiqlik taʼminoti susaydi

 

Respublika bo‘ylab elektr taʼminotida uzilishlar va gaz bosimining pasayib ketishi ortidan uchta qozonxona vaqtincha o‘chirildi. Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

 

Qayd etilishicha, bugungi kunda vazirlik tizimidagi qozonxonalar jami 495 tani tashkil qiladi. 492 tasi mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda ish faoliyatini davom ettirmoqda. Toshkent, Xorazm va Farg‘ona viloyatlarida joylashgan 21 ta qozonxonada gaz bosimining meʼyorida bo‘lmaganligi bois isteʼmolchilar belgilangan parametrlardan past ko‘rsatkichda issiq suv va issiqlik energiyasi bilan taʼminlanishiga sabab bo‘lmoqda. Gaz bosimi meʼyorida bo‘lmaganligi tufayli 3 ta qozonxonani vaqtincha o‘chirishga to‘g‘ri kelgan.

 

Shuningdek,poytaxtda ham issiqlik energiyasi “Toshkent Issiqlik markazi”, “Toshkent IYES” va “Veolia Energy Tashkent” ning mahalliy qozonxonalarida tabiiy gazdan foydalangan holda ishlab chiqarilishi, Toshkentning Issiqlik markazi-3, 5 va 9-qozonxonalari faoliyatida ham yuqoridagi holat kuzatilmoqda. Ushbu issiqlik markazlaridan Shayxontohur, Chilonzor va Uchtepa tumanlari aholisi va ijtimoiy obektlariga issiqlik energiyasi yetkazib beriladi.

 

“Gaz bosimining yetarli emasligi qozonxonalarning avtomatik tarzda o‘chishiga sabab bo‘ladi. Albatta, bu holatda issiqlik taʼminoti uchun masʼul tashkilotlar vaziyatni yaxshilash uchun o‘zaro hamkorlikda kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda. Mutaxassislar muammoli hududlarni aniqlash uchun joylarga borib, issiqlik energiyasini qayta taqsimlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirib bormoqda”, – deyiladi rasmiy xabarda.

 

Avvalroq, bloger Aziza Qurbonova poytaxtning Uchtepa tumani (ko‘plab mahallalari) yana tushkunlik domida ekanini aytib, ijtimoiy tarmoqda post qoldirgandi: 

 

"Gaz yo‘q, elektr toki yo‘q. Trubalar muzlagan. Uylar sovigan. Rutubatli uyda odamning hamma narsadan ensasi qotib ketadi. Choy ichish uchun qora qumg‘on ham yo‘q. Qora qumg‘on topish kerak. Qayerda sotadi?!

Mahalla kelinlari yozishyapti.

— Bir narsa qiling?! Yakshanbada hamma uyda, ovqat qilish kerak, kir-chir, cho‘milish kerak. Bolalar shamollaydi…

Hay, men nima qila olaman?

Faqat noliy olaman.

Men faqat choy damlaydigan jinman.

O‘shanda ham qora qumg‘on topolsam, albatta," — degan bloger.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Ayrim hududlardagi ko‘p qavatli uylarda issiqlik taʼminoti susaydi | Zamon.uz