O'zbekiston

“Bosh qonunimiz chinakam xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi”

Prezident O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi.

“Bosh qonunimiz chinakam xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi”

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 dekabr — Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

 

“Qadrli vatandoshlar!

 

Siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda ko‘pmillatli butun xalqimizni mamlakatimiz hayotidagi ulug‘ tarixiy sana – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

 

Xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olingan huquqiy-demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib kelayotgan Asosiy qonunimizning milliy taraqqiyotimizdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

 

Mustaqilligimizning dastlabki yillarida, g‘oyat og‘ir va murakkab bir sharoitda qabul qilingan Konstitusiyamiz bergan huquq va imkoniyatlar tufayli el-yurtimizning fidokorona mehnati bilan o‘tgan davrda hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida ulkan yutuq va natijalarni qo‘lga kiritdik.

 

Ana shunday mustahkam huquqiy asosga tayanib, keyingi yillarda mamlakatimizda keng ko‘lamli demokratik islohotlar jadal amalga oshirilmoqda.

 

Eng muhimi, ijtimoiy-siyosiy hayotimizning mazmuni, vatandoshlarimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi tubdan o‘zgarmoqda. Yurtimizda yashayotgan har bir fuqaro, millati, tili va dinidan qat’i nazar, jamiyatimizning teng huquqli a’zosi, o‘z taqdirining chinakam egasi, mamlakatimizdagi barcha o‘zgarish va yangilanishlarga o‘zini nafaqat daxldor, balki bu jarayonlarning bevosita ishtirokchisi, erkin va bunyodkor inson sifatida his etmoqda.

 

Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati bo‘lgan, biz uchun ozod va obod hayot qurish yo‘lini ochib bergan Konstitusiyamiz bilan shu bois har qancha faxrlansak, g‘ururlansak, arziydi, albatta.

 


Muhtaram do‘stlar!

 

Dunyo miqyosida “Yangi O‘zbekiston” degan ibora paydo bo‘lib, Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzi va obro‘-e’tibori tobora ortib bormoqda.

 

Barchangiz xabardorsiz, shu kunlarda mamlakatimizda Asosiy qonunimizga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha muhokamalar davom etmoqda. Ushbu konstitusiyaviy islohotlarni Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmuni va mantig‘i, xalqimiz bildirayotgan talab, istak va takliflar, muxtasar aytganda, shiddat bilan o‘zgarayotgan davrning o‘zi taqozo etmoqda.

 

Shu sababli hozirgi vaqtda “Inson – jamiyat – davlat” degan tamoyilni Konstitusiyamiz va qonunlarimizga, kundalik hayotimizga chuqur singdirishimiz zarur.

 

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, inson, uning hayoti, huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, inson qadrini ulug‘lash bu boradagi islohotlarimiz markaziga olib chiqilmoqda.

 

Jumladan, ijtimoiy davlat tamoyili, oila institutining konstitusiyaviy asoslarini mustahkamlash, keksa avlod vakillarini, nogironlarni ishonchli himoya qilish, xotin-qizlar va yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, ta’lim va ilm-fan, madaniyatni rivojlantirish, fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash, ekologik muvozanatni saqlash, fuqarolik jamiyati institutlari hamda mahallaning huquq va vakolatlarini kengaytirish, ommaviy axborot vositalari erkinligini ta’minlash kabi ko‘plab prinsipial ahamiyatga ega masalalar Asosiy qonunimizda muhrlab qo‘yilmoqda.  


Bu jarayonda siz, aziz vatandoshlarimiz – turli kasb va ijtimoiy guruhga mansub fuqarolarimiz tomonidan bildirilgan barcha taklif, fikr va mulohazalar albatta inobatga olinadi va Konstitusiya loyihasi umumxalq referendumiga olib chiqiladi.

 

Ayni shu asosda Bosh qonunimiz chinakam xalq Qomusi, chinakam xalq Konstitusiyasi bo‘ladi.

 

Hurmatli yurtdoshlar!

 

Pandemiya sharoitiga qaramasdan, mamlakatimizda mehnat jamoalarida, mahalla va ta’lim maskanlarida, xonadonlarda Konstitusiya bayrami, ehtiyot choralariga amal qilgan holda, ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.

 

Biz yaqinlashib kelayotgan yangi – 2023 yil uchun ulkan dastur va rejalarni tuzmoqdamiz. Konstitusiyamizda belgilab olayotgan ezgu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni, millatlar va dinlararo do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash, aholi farovonligini oshirish, yangi uy-joylar barpo etish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha katta-katta vazifalar bu dasturlarda o‘zining aniq ifodasini topmoqda.

 

Ishonchim komilki, barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib, fidokorona mehnat qilib, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga albatta erishamiz.

 

Aziz va muhtaram vatandoshlar!

 

Sizlarni, butun xalqimizni Konstitusiyamizning qutlug‘ bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.

 

Xalqimiz tinch, yurtimiz omon bo‘lsin!

 

Barchamizni Yaratganning o‘zi panohida asrasin!”, — deyiladi davlat rahbarining tabrigida.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Bosh qonunimiz chinakam xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi” | Zamon.uz