Buyuk Britaniya va AQSH yirik energetik kelishuvga erishdi
Bundan ko‘zlangan maqsad Rossiya uglevodorodlariga qaramlikni kamaytirishdan iborat.

Buyuk Britaniya va AQSH energetik hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bundan ko‘zlangan maqsad Rossiya enegrotashuvchilariga bo‘lgan qaramlikni kamaytirishdan iborat.
Ikki davlat 2023 yildan boshlab Britaniya terminallari orqali yiliga 9-10 milliard kub metr suyultirilgan tabiiy gaz eksport qiladi.
“Yangi “Birlashgan Qirollik va AQSHning energetika xavfsizlik va energiyani osonlashtirish hamkorligi” doirasida Buyuk Britaniya va AQSH Rossiya energiyasi eksportiga global qaramlikni kamaytirish, enegretika bozorlari barqarorligi va qayta tiklanuvchi hamda yadro energiyasi sohalaridagi hamkorlikni faollashtirishga boshchilik qiladi”, – deyiladi ikki davlat yetakchilari bayonotida.
Rejalashtirilayotgan 9-10 milliard kub metr suyultirilgan gaz 2021 yilgi yetkazib berish hajmidan 2-2.5 barobar ortiq. O‘tgan yili Britaniya AQSHdan 3.9 milliard kub metr gaz import qilgandi.







