Kiyev energetik infratuzilmani qayta tiklash uchun hukumatlardan yordam so‘radi
Hozirda Ozarbayjon bilan muzokaralar boshlangan.

Ukraina hukumati Rossiyaning energetika infratuzilmasiga raketa hujumlaridan so‘ng energetika sektorini tiklash uchun boshqa hukumatlarga yordam so‘rab murojaat qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ukraina energetika vaziri Herman Galushchenkoning aytishicha, yaqin orada Fransiyadan uskunalarning katta partiyasi keltiriladi.
Energetika sanoati uchun yangi bloklarni ishlab chiqarish ancha uzoq davom etadigan jarayon. Shuning uchun vazir Ukraina tomoni “ishlatilgan uskuna ko‘rinishidagi yordamni ham qabul qilishi”ni aytgan.
Galushchenko, shuningdek, Ukraina Sobiq ittifoq respublikalari, xususan, Ozarbayjon bilan muzokaralar olib borayotganini qayd etdi.







