Amerika va Rossiya mahbus almashdi
Ayirboshlash Abu Dabi ayeroportida bo‘lib o‘tdi.

Amerikalik basketbolchi Britni Griner AQSHda sudlangan Viktor Butni ozod qilish evaziga Rossiyada hibsdan ozod etildi. Bu haqda “Reuters” nashri yozmoqda.
Rossiya TIV ma’lum qilishicha, Grinerni Boutga almashtirish jarayoni muvaffaqiyatli yakunlandi. Ayirboshlash Abu Dabi ayeroportida bo‘lib o‘tdi.
Viktor But 2008 yilda Tailandda hibsga olingan. Ikki yildan so‘ng u AQSHga ekstradisiya qilindi va Kolumbiya terrorchi guruhiga qurol sotishga uringanlikda ayblandi.
AQSH federal sudi uni 2012 yili 25 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. But shu vaqtgacha aybini tan olmay kelgan. Vashington Moskvaning uni deportasiya qilish haqidagi iltimosini bir necha bor rad etgan.
Amerikalik basketbolchi, Olimpiya chempioni Britni Griner Yekaterinburgning UMMC klubida o‘ynagan. 2022 yilning fevral oyida u Moskvaning Sheremetevo ayeroportida noqonuniy yuk bilan hibsga olingandi. Sud uni giyohvand moddalar kontrabandasi uchun to‘qqiz yilga ozodlikdan mahrum qildi, apellyasiya rad etildi va Griner koloniyaga jo‘natildi.
“Vashington Rossiya fuqarosini ayirboshlash sxemasiga kiritish bo‘yicha dialogni qat’iyan rad etdi. Shunga qaramay, Rossiya Federasiyasi hamyurtimizni qutqarish bo‘yicha faol ish olib borishda davom etdi”, — deyiladi Rossiya TIV bayonotida.
Jo Baydenning aytishicha, u ozod etilgan amerikalik Britni Griner bilan gaplashgan.
“Yaqinda men Britni Greyner bilan gaplashdim. U xavfsiz, u samolyotda, uyiga uchmoqda”, — deb yozdi AQSH prezidenti Twitterda.








