“Politico” nashri Zelenskiyni Yevropadagi eng nufuzli shaxs deb e’tirof etdi
“Time” jurnali kecha Ukraina rahbarini "Yil odami" deb topgandi.

“Politico” jurnali Vladimir Zelenskiyni Yevropadagi eng nufuzli shaxs deb topdi. Shu munosabat bilan bergan bayonotida Ukraina yetakchisi kelasi yil tinchlik bo‘lishiga umid bildirdi.
“Men ukrainaliklar kelasi yilda ham eng nufuzli bo‘lishiga ishonaman, lekin urush emas tinchlik davrida”, — dedi Zelenskiy.
U “barqarorlikni saqlashga yordam berayotgan va “millionlab odamlarga bu dahshatli vaqtdan o‘tishda yordam berayotgan” Yevropadagi barcha do‘stlariga minnatdorchilik bildirdi.
Chorshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvaning Ukrainadagi harbiy harakatlari “uzoq jarayon”ga aylanishi mumkinligini aytdi, biroq ularning yakunlanishining aniq sanasini aytmadi.
“Politico” Zelenskiyni Yevropaning eng nufuzli odami deb nomlash qarorini quyidagicha izohlaydi: “Yevropa o‘zgarmoqda. Qit’a o‘zining strategik munosabatlarini qayta ko‘rib chiqmoqda, mudofaa masalalariga jiddiyroq yondashmoqda, savdo siyosatini, shuningdek, kengayish va energiya xavfsizligi sohasidagi siyosatlarni qayta ko‘rib chiqmoqda”.
Eslatib o‘tamiz, Seshanba kuni Zelenskiy "Time" jurnali tomonidan ham "Yil odami" deb topilgandi.








