Toshkentda Cobalt ona-bolani urib yubordi
Shahar IIBB ularning ahvoli haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahar IIBB xabar berishicha, 3-dekabr kuni 1973 yilda tug‘ilgan V.I. Cobalt rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, piyodalar — 1991 yilda tug‘ilgan Z.P. va uning farzandi — 2016 yilda tug‘ilgan K.M.ni urib yuborgan.
Hozirda piyoda Z.K. tan jarohatlari bilan kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, farzandi K.M.ning ahvoli qoniqarli bo‘lgani uchun tibbiy ko‘rikdan so‘ng uyiga yuborilgan.
Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.








