O'zbekiston

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi 9-sanksiya paketini taqdim etdi

Sanksiyalar ro‘yxatiga 200 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarni qo‘shish taklif qilingan.

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi 9-sanksiya paketini taqdim etdi

 

Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi urush tufayli Moskvaga bosimni kuchaytirishga qaratilgan 9-sanksiyalar paketini ishlab chiqdi. Uning  doirasida Rossiya amaldorlari va harbiylarining sayohatlarini taqiqlash hamda aktivlarini muzlatish maqsad qilingan. 

 

Takliflar Yevropa Ittifoqining ijroiya organi – Yevrokomissiya tomonidan berilgan. Uning raisi Ursula fon der Leyen shunday dedi:

 

"Birinchidan, biz sanksiyalar ro‘yxatiga yana 200 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarni qo‘shishni taklif qilamiz. Bunga Rossiya Qurolli Kuchlari, alohida ofiserlar va mudofaa sanoati korxonalari, shuningdek, Davlat Dumasi deputatlari, Federal Kengashi, vazirlar, gubernatorlar va siyosatchilar kiradi".

 

Paket shuningdek, ikki tomonlama foydalaniladigan dronlar va ularning komponentlarini yetkazib berish bo‘yicha eksport cheklovlarini ham o‘z ichiga oladi.

 

Ushbu chora-tadbirlar kuchga kirishidan oldin Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha 27 davlat tomonidan muhokama qilinishi va ma’qullanishi kerak. Yangi sanksiyalar RF mudofaa sanoati va banklariga jiddiy zarba berishga, shuningdek, Rossiyani uchuvchisiz uchish apparatlaridan mahrum qilishga qaratilgan.

 

Bundan tashqari, Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqi a’zolariga Moskvaning energetika va tog‘-kon sanoati sohalariga qarshi choralar ko‘rishni tavsiya qiladi, jumladan, tog‘-kon sanoatiga yangi sarmoya kiritishga taqiq qo‘yish, shuningdek, rus telekanallarining Yevropadagi namoyishini to‘xtatish shular jumlasidandir.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi 9-sanksiya paketini taqdim etdi | Zamon.uz