O'zbekiston

Aksilmonopoliya qo‘mitasiga ayrim tovarlarning narxlarini nazorat qilish vakolati beriladi

Tez kunda Vazirlar Mahkamasining strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlarning narxlarini nazorat qilish va barqarorligini taʼminlash bo‘yicha qarori qabul qilinishi kutilmoqda.

Aksilmonopoliya qo‘mitasiga ayrim tovarlarning narxlarini nazorat qilish vakolati beriladi

 

Tez kunda Vazirlar Mahkamasining strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlarning narxlarini nazorat qilish va barqarorligini taʼminlash bo‘yicha qarori qabul qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xabar berdi.

 

Ayni kunlarda AI-80 markali benzin narxining oshganligi aholi orasida tanqidiy muhokamalarga sabab bo‘layotgani va bunga qarshi huquqiy taʼsir choralari yetarliligi keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

 

Mazkur qaror loyihasiga asosan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi quyidagilar mahsulotlarning narxlarini asossiz oshirilmasligini nazorat qiladi:

 

45 turdagi yuqori likvidli va monopol mahsulotlar (benzin, ko‘mir, metall, sement va hokazo);

10 turdagi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan isteʼmol mahsulotlari (un, go‘sht, non, shakar, o‘simlik yog‘i va hokazo).

 

Qo‘mita ushbu mahsulotlar narxlarining o‘zgarish dinamikasini monitoring qiladi, ularning tebranishiga taʼsir etgan omillar va ularning kelib chiqish sabablarini tahlil qiladi.

 

Narxlarning asossiz o‘sishi, kelishib qilinadigan harakatlar va til biriktirishlar holatlarini aniqlash uchun belgilangan tartibda tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning binolariga bevosita kiradi hamda ombordagi mavjud zaxiralarini xatlovdan o‘tkazadi.

 

Xatlovda aniqlangan mahsulotlarning ortiqcha hajmini savdoga chiqarish, asossiz oshirilgan narxlarni pasaytirish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma va ko‘rsatmalar kiritadi.

 

Taqdimnoma va ko‘rsatmalar o‘z vaqtida bajarilmagan taqdirda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini ko‘radi.

 

Аvvalroq Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi benzin narxini sunʼiy oshirish holatlarini nazoratga olib, avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalarini (AYOQSH) ogohlantirgandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Aksilmonopoliya qo‘mitasiga ayrim tovarlarning narxlarini nazorat qilish vakolati beriladi | Zamon.uz