O'zbekiston

“Bizlarni bu holatga olib kelganlar suvdan quruq chiqib ketmaydi”

Sardor Umurzakov energetika masalasi boʻyicha tanqidiy yigʻilish o'tkazmoqda.

“Bizlarni bu holatga olib kelganlar suvdan quruq chiqib ketmaydi”

 

Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov rahbarligida aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan mutanosib ta’minlash masalalarini tezkor va tizimli hal etib borish yuzasidan Respublika shtabining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

 

Yig‘ilishda hozirgi vaziyat tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqilib, qilingan amaliy ishlar haqida mas’ullarning hisobotlari tinglanmoqda, shuningdek, holatni yanada barqarorlashtirish maqsadida yangi chora-tadbirlar ma’lum qilinishi kutilmoqda.


«Mana ikki kundan buyon hududlarda va mutasaddi vazirliklarda shtablar faoliyati ko‘rsatmoqda. Lekin, amaliy ishlar bilan birgalikda joylarda qator muammo va kamchiliklar hanuz kuzatilmoqda», - dedi Umurzakov.

 

Yig‘ilishda aytilishicha, gaz quvurlarida bosimning me’yordan pastligi sababli respublika bo‘yicha jami 462 ta mahalladagi qariyb 62 mingta xonadonga tabiiy gaz yetib bormayapti.


Toshkent viloyati prokurori Prezident Administratsiyasidan noqonuniy gazga ulangan g‘isht zavodni tarmoqdan uzmaslikni so‘ragan. Yig‘ilishda vaqtinchalik cheklovlar kiritilgan bo‘lishiga qaramay, gazdan noqonuniy foydalanish holatlari uchrayotgani jiddiy tanqid ostiga olindi.

 

«Mana, masalan, Olmaliqdagi g‘isht zavod gaz hisoblagichlardagi onlayn modemni uzib, ko‘rsatkichni «nol» qilib qo‘yib, gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan. Eng qizig‘i, ushbu holat aniqlangach, viloyat prokurori Prezident Administrasiyasi mas’ullaridan shu zavodni tarmoqdan uzmaslikni so‘ragan. Prokurorning manfaati bormi bunday noqonuniy ulanishga?», - dedi Sardor Umurzakov.

 

Ta’kidlanishicha, ushbu zavod egalarining Angrenda ham zavodi bo‘lgan. Bosh vazir o‘rinbosari Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligadagi komissiya Olmaliqqa kelganini eshitib, darrov Angrendagi zavodini yopishgan. Agar Angrendagi zavodda ham qonunbuzilish holati aniqlansa, bu bo‘yicha ham alohida ish qo‘zg‘atilishi ma’lum qilindi.

 

«Bunaqalarning orqasida kimlar turganigacha topamiz. U hokim bo‘ladimi, prokuror yoki soliqchimi, farqi yo‘q, tadbirkor bilan til biriktirgan bo‘lsa, javobgarlikka tortiladi. Shuningdek, kamida hudud rahbarlarining beparvoligi masalasi ham ko‘rib chiqiladi», — dedi Administrasiya rahbari.

 

«Bizlarni bu holatga olib kelganlar suvdan quruq chiqib ketmaydi. Ularning ba’zilari hozir ichimizda, yig‘ilishda o‘tiribdi» — Sardor Umurzakov.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Bizlarni bu holatga olib kelganlar suvdan quruq chiqib ketmaydi” | Zamon.uz