AQSH bir necha oydan beri Ukrainaga zamonaviy dron yetkazib berishni ortga surmoqda
Bunga sabab bo‘layotgan omillar ochiqlandi.

AQSH harbiy-havo kuchlari 2022 yil martida Ukrainaga Reaper dronlarini berishni taklif qilgan. Oradan bir necha oy o‘tgan bo‘lsa-da, Pentagon bu bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmagan.
Politico maʼlumotlariga ko‘ra, Amerika qo‘mondonligi uchuvchisiz qurilmaga oid maxfiy maʼlumotlar chiqib ketishini va Rossiya tomonidan urib tushirilishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.
Reaper ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan General Atomics kompaniyasi bir necha oy Ukraina amaldorlari bilan yetkazib berish bo‘yicha muzokara olib borgan. Ammo uzoq davom etgan debatlar Kiyevning hafsalasini pir qilgan.
Ukrainaliklar dron orqali Rossiya hududiga zarba bermaslikka, shuningdek, zarbalar haqida Vashingtonni oldindan ogohlantirishga vaʼda bergan.







