Yigit sevgilisining mashinasini yoqib yubordi
Unga 5 yilgacha qamoq jazosi belgilanishi mumkin.

Rossiyaning Tolyatti shahrida sobiq sevgilisining mashinasini yoqib yuborgan oʻzbekistonlik yigit qoʻlga olindi.
Qayd etilishicha, voqea 5-dekabrga oʻtar kechasi sodir boʻlgan. Unga koʻra, avtoturargohlardan birida Audi Q5 yonib ketgan, yetkazilgan zarar 250 ming rublga baholangan.
Tergovchilarning maʼlum qilishicha, yigit bu ishni sobiq sevgilisiga boʻlgan begʻaraz muhabbati va hasad tufayli qilgan.
Hozirda gumonlanuvchi hibsga olingan. Xabarga koʻra, unga besh yilgacha qamoq jazosi belgilanishi mumkin.







