Avval Putin, keyin esa Zelenskiy
Erdog‘an ukrainalik hamkasbi bilan ham telefonlashdi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 11-dekabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qilganini maʼlum qildi.
“Biz kelgusidagi ishlar va don yo‘lagini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildik”,— dedi davlat rahbari.
Zelenskiy ukrainalik bolalarga boshpana bergani, shuningdek, hadya qilingan yuzlab generatorlar uchun Erdog‘anga minnatdorchilik bildirgan.
Bundan tashqari, Prezident Turkiya Ukrainaning #GrainFromUkraine tashabbusini qo‘llab-quvvatlayotganini taʼkidladi.
Bundan oldin Erdog‘an Kreml rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashgandi.
18-noyabrda ham Turkiya prezidenti avvaliga Putin bilan telefon orqali muloqot qilgan, keyin u Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilgan.








