O'zbekiston

“Bolaning hayotini saqlab qolish uchun o‘z lavozimimdan voz kechardim”

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari IIB binosida o‘smirning vafot etganiga munosabat bildirdi.

“Bolaning hayotini saqlab qolish uchun o‘z lavozimimdan voz kechardim”

 

Avvalroq Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi IIB binosida 15 yoshli o‘smirning vafot etgani xabar qilingandi. 

 

Viloyatning Uchko‘prik tumanida yashagan, 2007 yilda tug‘ilgan R.A. 16 oktyabr kuni Buvayda tumanidagi “Ansor” savdo majmuasiga ota-onasining nazoratisiz aylangani borgan. U o‘g‘irlik qilmoqchi bo‘lganida IIB xodimlari tomonidan ushlangan va Qo‘qon shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga yuborilgan. 

 

17 oktyabr kuni R.A.ning sog‘lig‘i yomonlashib, hushidan ketgani sababli unga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan, biroq shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida bola vafot etgan.  

 

Holat yuzasidan Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Bekmurod Abdullayev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.  

 

“Bir norasidani voyaga yetkazish qancha mashaqqat talab etadi?! Eslasam, hamon yuragim og‘riydi. Bu holat haqiqiy sovuqqonlik bo‘ldi. Xatoga yo‘l qo‘ygan xodimlar qamoqqa olindi. O‘zim boshchiligimda attestasiya komissiyasi tashkil etildi. Xodimlar to‘liq shahodatlashdan o‘tadi. 

 

Tan olaman, bu voqea tizimning kechirilmas xatosi bo‘ldi. Bir yil oldin Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari to‘g‘risida”gi nizomni ishlab chiqishda bosh-qosh bo‘lganmiz. Mas’uliyatni bo‘ynimizga olganmiz. Prezidentga mazkur tizimni “ipidan ignasigacha” to‘g‘ri tashkil etish uchun so‘z berganmiz. Prezident oldida ham uyatlimiz. 

 

Ishoning, agar shu bolaning hayotini saqlab qolish uchun kerak bo‘lsa, men hech ikkilanmay, o‘z lavozimimdan voz kechardim”, – dedi Bekmurod Abdullayev.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Bolaning hayotini saqlab qolish uchun o‘z lavozimimdan voz kechardim” | Zamon.uz