Farg‘onada to‘xtab turgan Spark yonib ketdi
Hozirda zarar miqdori aniqlanmoqda.

Bugun, 11-dekabr kuni Farg‘ona shahrida Spark avtomobili yonib ketdi. Viloyat FVB hodisa tafsilotlarini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, yong‘in soat 09:34 da Farg‘ona shahrining “Yangi asr” ko‘chasida yuz bergan. Fuqaro X.U.ga tegishli bo‘lgan, 2015-yilda ishlab chiqarilgan Spark yo‘l chetida to‘xtab turgan paytida uning motor va salon qismi yongan.
FVB xodimlari voqea joyiga soat 09:37 da yetib borgan. 09:38 da avtomashina o‘rab olinib, 09:41 da yong‘in o‘chirilgan.
Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va jabrlanganlar yo‘q.








