Rossiya harbiy byudjeti rekord darajada ko‘payadi
Bu haqda Britaniya razvedkasi maʼlum qildi.

Rossiyaning 2023-yilda harbiy xarajatlari byudjetning uchdan bir qismini tashkil qiladi.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi razvedkasi 5-dekabr kuni Prezident Putin tomonidan imzolangan Rossiyaning yangi federal byudjetini o‘rganib chiqdi.
2023-yilda harbiylar, maxsus xizmatlar va politsiya ehtiyojlari uchun 9 trillion rubl (143 milliard dollar) ajratiladi. Bu o‘tgan yilga nisbatan sezilarli o‘sish va umumiy byudjetning qariyb 30 foizini tashkil etadi.
Razvedkachilar byudjetning xarajat va daromad qismlarini haddan tashqari optimistik deb hisoblaydilar. Ular Ukraina kampaniyasini davom ettirish uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida byudjetning harbiy bo‘lmagan qismlariga bosim sezilarli darajada oshishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.








