Saudiya neft vaziri: Rossiya neftiga chegara narx natija bermadi
5 dekabr kuni YеI rus "qora oltini"ga chegara narx belgilagandi.

Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon Rossiya neftiga qo‘yilgan chegara narxning samarasi yo‘qligini maʼlum qildi.
"Sanksiyalar va narxlar chegarasiga kelsak, ular hali sezilarli natija bermadi. Bu choralarning ayrimlari faqatgina 5 dekabrda joriy etildi. Hozirda noaniqlikni ko‘ryapmiz", — degan vazir Ar-Riyoddagi chiqishida.
Shu bilan birga u Rossiya tomonidan neft qazib olinishi qisqartirilishiga buni ko‘rgach, ishonishini aytgan. Abdulaziz bin Salmon RFning javob choralari ham energetika bozoridagi noaniqliklarga sabab bo‘layotganini qayd etgan.
5 dekabr kuni YеI va "katta yettilik" Rossiya neftining chegara narxini 60 dollar etib belgilagandi.







