Eski qadrdonlar uchrashuvi: Putin va Si Szinpin oy oxirida muzokaralar o‘tkazadi
Bunga qadar tomonlar Pekin va Samarqandda uchrashgandi.

Rossiya Prezidenti va XXR Raisi yil oxiriga qadar uchrashadi. Bu haqda “Vedomosti” o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Nashrning diplomatik manbalaridan biri muloqot dekabr oxirida bo‘lishini aytgan. Putinning administratsiyasiga yaqin manbalardan biri uchrashuv videokonferensiya shaklida bo‘lishini, ammo yakuniy qarorga kelinmaganini qayd etgan.
Bu maʼlumotlar RF Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov tomonidan ham tasdiqlangan.
Vladimir Putin va Si Szinpin bu yil 2 marta uchrashdi. Birinchi uchrashuv Pekin olimpiadasi doirasida bo‘lgan bo‘lsa, keyingisi SHHTning Samarqand sammiti paytida tashkil etilgandi.







