Bosh vazir: O‘z kuchiga ishonmaganlar ishdan ketishi mumkin
Alixan Smailov Qozog‘iston hukumati aʼzolariga shart qo‘ydi.

Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov hukumatga so‘rov juda qattiq bo‘lishini aytdi.
“Hamkasblar, so‘rov juda qattiq bo‘ladi. Kim eplasa, o‘sha ishlaydi. O‘z kuchiga ishonmaganlar isteʼfoga chiqishi mumkin. Bu yerda faqat xalqqa xizmat qiladigan, qatʼiy qarorlar qabul qila oladigan va unga javobgar bo‘la oladiganlarga o‘rin bor”, – degan siyosatchi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, faqatgina shunday jamoa bilan hukumat belgilangan maqsadlarga erisha oladi.
Dushanba kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Tokayev Vazirlar mahkamasining joriy tarkibi bilan Yangi yilga chiqishni shubha ostiga olgandi.







